mocki.uz

Multilevel Listening

Quloq soling.
Fikrni ilib oling.

Listening’ni imtihon formatida mashq qiling. Javoblaringizni tekshirib, transkript va izohlar orqali qayerda adashganingizni tushuning.

17 kun bepul foydalanish. Bank kartasi talab qilinmaydi.

6 qismturli tinglash vazifalari
35 savolasosiy fikrdan tafsilotgacha
45 daqiqajavoblarni ko‘chirish bilan
2 martahar bir matn eshittiriladi

Mashq qiling.
Xatoni tushuning. Yana tinglang.

Formatga ko‘niking

Qisqa replikalardan kengroq monologlargacha turli savol turlarini mashq qiling.

Javobni dalil bilan tekshiring

Mashqdan keyin javob izohi va transkriptga qayting. Kerakli ma’lumot audioning qayerida aytilganini toping.

Xatolaringiz ustida ishlang

Qiyin bo‘lgan savollarga qayting. Keyingi tinglashda aynan qaysi so‘z yoki tafsilotni o‘tkazib yuborganingizga e’tibor bering.

Olti qismda nimalar kutadi?

Har qismda tinglash vazifasi o‘zgaradi. Oldindan savol turini bilish diqqatingizni kerakli ma’lumotga qaratishga yordam beradi.

Part 18 savol

Qisqa replikalar

Eshitgan gapingizga mos javobni uchta variant orasidan tanlang.

Part 26 savol

Monologdan ma’lumot olish

Qaydlarni bitta so‘z va/yoki raqam bilan to‘ldiring.

Part 34 savol

So‘zlovchilarni tushunish

To‘rtta so‘zlovchining fikrini berilgan variantlarga moslashtiring.

Part 45 savol

Tafsilotlarni ajratish

Audio ma’lumotlarini berilgan variantlar bilan moslashtiring.

Part 56 savol

Suhbatlarni tushunish

Suhbat bo‘yicha savollarga uchta variantdan javob tanlang.

Part 66 savol

Kengroq monolog

Qaydlarni bitta so‘z va/yoki raqam bilan to‘ldiring.

UZBMB test formati bilan tanishish

Mashqni qanday tashkil qilasiz?

  1. Vazifani o‘qing

    Nechta so‘z yozish yoki qaysi variantni tanlash kerakligini aniqlang. Savoldagi kalit so‘zlarni belgilang.

  2. Tinglang va javob bering

    Asosiy fikr, raqamlar va muhim tafsilotlarga e’tibor bering. Keyingi tinglashda javobingizni tekshiring.

  3. Izohga qayting

    Natijani transkript bilan solishtiring. Xatoga sabab bo‘lgan iborani topib, o‘sha joyni qayta tinglang.

Savollar bormi?

Keyingi mashqni boshlang.

Listening’dan davom eting yoki to‘liq Multilevel sinovini tanlang.