mocki.uz
Bosh sahifaga qaytish

Maxfiylik ma’lumoti

Mocki hisobingizni Google orqali yaratishda ismingiz, emailingiz va profil rasmingiz olinadi. Parolingiz Mocki’ga berilmaydi.

Nimalar saqlanadi?

Sinov muddati, mock urinishlari, javoblaringiz, yozma ishlaringiz, o‘zini baholash belgilari va Speaking ovoz yozuvlaringiz saqlanadi. Mikrofon faqat ruxsatingiz bilan, sinov yoki Speaking vaqtida ishlaydi.

Qayerda saqlanadi?

Hisob va natijalar Supabase’da, sayt esa Vercel’da ishlaydi. Ovoz fayllari yopiq saqlash joyida turadi. Natijalar va yozuvlar boshqa foydalanuvchilarga ochiq emas.

Qurilmadagi zaxira

Javob yoki yozuv yuklanmay qolsa, qayta yuborish uchun ushbu qurilmada vaqtinchalik nusxa qolishi mumkin. Tasdiqlangan yuklashdan keyin zaxira tozalanadi. Alohida mashqdagi Speaking ovozlari shu qurilma va brauzerda saqlanadi; bu yozuvlar hozircha serverga yuborilmaydi. Brauzer ma’lumotlarini tozalash ularni o‘chiradi.

To‘lov va AI

Karta ma’lumoti olinmaydi. Alohida mashqdagi Writing’ni tekshirishni tasdiqlaganingizda topshiriqlar va yozgan matnlaringiz Google Gemini xizmatiga yuboriladi. Ismingiz va emailingiz bu so‘rovga qo‘shilmaydi. AI bahosi va izohlar natijangiz bilan saqlanadi. Google’ning ma’lumotdan foydalanish shartlari ulangan API tarifiga bog‘liq.