mocki.uz

Mocki / Multilevel CEFR / Reading

Reading’ni
tushunib ishlang.

Har bir savolning javobi matnda. Uni topish, ma’nosini tushunish va to‘g‘ri tanlashni birga mashq qilamiz.

5 qism, 35 savol60 daqiqaMatn va javob izohlari
Reading practicePart 4
Matndan parcha

Small changes,
lasting impact.

A local repair café helps people give old belongings a second life. Visitors stay during repairs to learn skills they can use at home.

Why do visitors stay?

To learn practical skills.

Javob matndagi dalil bilan tasdiqlanadi.
Bir xil so‘zni emas, bir xil ma’noni izlang.

Reading haqida

Matnni o‘qish boshqa.
Javobni topish boshqa.

Reading’da har bir so‘zni tarjima qilish shart emas. Vazifa — matn nima haqida ekanini tushunish, kerakli ma’lumotni ajratish va savoldagi fikrni matn bilan solishtirish.

Mocki’da Multilevel formatidagi topshiriqlarni ishlaysiz. Mashqdan so‘ng javob izohiga qaytib, tanlovingizni matndagi dalil bilan tekshirishingiz mumkin.

Imtihon tuzilishi

5 qism. 35 savol.

Bo‘shliqlar, e’lonlar, sarlavhalar va kengroq matnlar. Har qism o‘qishning boshqa jihatini tekshiradi.

Vaqt bilan ishlash

Jami 60 daqiqa.

O‘qish, javob topish va javoblarni belgilash shu vaqt ichida. Qiyin savolda uzoq to‘xtab qolmang.

Mashqdan keyin

Natijadan izohgacha.

To‘g‘ri javobni bilish bilan cheklanmang. Nega qolgan variantlar mos kelmaganini ham tushuning.

Hisobsiz ishlab ko‘ring

O‘qing. Tanlang. Tekshiring.

Uchta savolli mini mashq. Yakunda har bir javobni matndagi dalil bilan solishtiring.

Reading mini mashq3 xil savol turiMatn va savollar

Matnni o‘qing

A second life for
everyday things

Every Saturday, a local repair café opens its doors to people with broken household appliances. Volunteers help repair items that might otherwise be thrown away.

The café asks visitors to stay while volunteers fix their appliances. By taking part, visitors learn skills they can use at home. The organisers believe that understanding a simple repair can make people more confident about looking after their belongings.

There is no fixed charge for the repairs, but visitors can make a small donation to cover the cost of materials.

Avval o‘zingiz ishlang. Tekshirganingizda matndagi dalillar ajratib ko‘rsatiladi.

1Why are visitors asked to stay during repairs?

Bitta javobni tanlang.

2Visitors must pay a fixed price for repairs.

Matnga ko‘ra belgilang.

3The café opens every ____.

Mocki tayyorlagan o‘quv namunasi. To‘liq Reading testi 35 ta savoldan iborat.

O‘qish strategiyalari

Qachon tez, qachon
diqqat bilan o‘qish kerak?

Bitta matnni uch xil usulda o‘qish mumkin. Usulni savolga qarab tanlang.

Umumiy mazmun

Skimming

Sarlavha, kirish va paragraflarning asosiy gaplarini ko‘zdan kechiring. Matnning mavzusi va yo‘nalishini tushuning.

Qachon?

Matn bilan birinchi tanishishda yoki paragrafga sarlavha tanlashda.

Aniq ma’lumot

Scanning

Ism, sana, raqam va kalit iboralarni izlang. Butun matnni qayta o‘qimasdan kerakli joyni topishga harakat qiling.

Qachon?

Kim, qachon, qancha yoki qayerda kabi aniq savollarda.

Ma’no va bog‘lanish

Close reading

Topgan parchangizni sekin o‘qing. Inkor, taqqoslash va cheklovlarni tekshiring. Oldingi va keyingi gapni ham hisobga oling.

Qachon?

Javobni tasdiqlashda, True / False / Not Given va xulosa savollarida.

Bir fikr, boshqa so‘zlar.

Savol matndagi gapni aynan takrorlamasligi mumkin. Mana oddiy misol:

Matnda

“The service is available at no cost.”

Savolda

“People can use the service for free.”

Ko‘p uchraydigan xatolar

Javobni nima chalg‘itadi?

Xato sababini bilsangiz, keyingi mashqda nimaga e’tibor berishni ham bilasiz.

Bir xil so‘zni ko‘rib tanlash

Variantdagi so‘z matnda bor, ammo gapning ma’nosi boshqa.

Butun fikrni solishtiring. Kim, nima va qanday sharoitda ekanini tekshiring.

False va Not Given’ni aralashtirish

Matnda aytilmagan ma’lumotni noto‘g‘ri deb belgilash.

False uchun zid dalil kerak. Ma’lumot yetishmasa, Not Given haqida o‘ylang.

So‘z chegarasidan chiqish

Bitta so‘z so‘ralgan joyga ikki yoki uch so‘z yozish.

Javobdan oldin ko‘rsatmani qayta o‘qing. Imlo va birlik-ko‘plikni ham tekshiring.

Bitta savolda qolib ketish

Qiyin savol tufayli keyingi oson savollarga vaqt yetmasligi.

Savolni belgilab davom eting. Yakuniy tekshiruvda unga qayting.

Tayyorgarlikni tashkil qiling

Har mashqning
davomi bo‘lsin.

Bu tavsiya etilgan mashq tartibi. Tezligingiz va qiyin bo‘layotgan savol turlariga qarab moslashtiring.

Mashqni boshlash
  1. Bir qismni shoshilmay ishlang

    Avval savol turini tushuning. Har javobingiz uchun matndan dalil toping. Tezlikni keyinroq oshirasiz.

  2. Xatolarni ajratib yozing

    Notanish iborami, savol shartimi yoki chalg‘ituvchi variantmi? Har xato yoniga sababini va to‘g‘ri dalilni yozing.

  3. Qiyin savol turiga qayting

    Shu turdagi yangi topshiriqni ishlang. O‘rgangan usulingiz yangi matnda ham yordam beryaptimi — tekshiring.

  4. To‘liq formatda sinab ko‘ring

    Tayyor bo‘lgach, Reading uchun 60 daqiqa belgilang. Oxirida javoblar va imloni tekshirishga vaqt qoldiring.

Savollar bormi?

Endi navbat sizda.

Matnni oching, savolni tushuning va birinchi dalilni toping.