mocki.uz
Bosh sahifaga qaytish

Foydalanish shartlari

Mocki — ingliz tili Multilevel imtihoniga tayyorlanish uchun mustaqil mashq platformasi. UZBMB bilan rasmiy aloqadorlik yoki haqiqiy imtihon natijasi kafolati taqdim etilmaydi.

Natijalarni tushunish

Reading va Listening oldindan tekshirilgan javoblar bilan solishtiriladi. Writing va Speaking’ni namuna hamda mezonlar orqali o‘zingiz baholaysiz. Ushbu natijalar rasmiy sertifikat, umumiy ball yoki tasdiqlangan CEFR darajasi emas.

17 kunlik sinov

Sinov birinchi Google kirishidan boshlanadi. Muddat tugagach yangi sessiyalar va qayta mashq yopiladi, oldingi natijalar ochiq qoladi. To‘lov hali mavjud emas va hisobingizdan avtomatik pul yechilmaydi.

Imtihon jarayoni

Sessiya boshlangandan keyin vaqt davom etadi. Internet, mikrofon yoki qurilma bilan bog‘liq uzilishlar natijaga ta’sir qilishi mumkin. Uzilgan urinish alohida belgilanadi.